Mikrokredit nima va uni qanday olish mumkin?

| 2023-06-16 17:54 | ON DINOR KREDIT | Ma'lumotlar

Kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganda, mikroqarz kabi kredit mahsulotlar turi qisqa muddatli va har qanday maqsadlar uchun Sizga pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi.


Mikroqarzlar banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
Mikroqarzning miqdori qarz oluvchining to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, ammo 50 mln. so‘mdan oshib keta olmaydi.

Mikroqarz O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida naqd yoki bank kartasiga nadq pulsiz ko‘rinishda taqdim etiladi. Shu bilan birga, bank kartasi debet yoki kredit kartasi bo‘lishi mumkin.

Naqd pulsiz shaklda olingan mikroqarz, bank kartasidan foydalanish orqali tovar, ish va xizmatlar uchun to‘lash imkonini beradi.

ON DINOR yordamida oson mikrokredit olishga erishasiz.